17,200,000
mijoz hisoblari
FxPro mijozlarga 1999-yildan buyon onlayn savdo xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda va hozirda dunyoning 173 ta davlatiga xizmat ko‘rsatadi.
mijoz hisoblari
FxPro mijozlarga 1999-yildan buyon onlayn savdo xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda va hozirda dunyoning 173 ta davlatiga xizmat ko‘rsatadi.
Mukofotlar
FxPro o‘z xizmatlari sifati uchun soha mutaxassislaridan doimiy ravishda e’tirof etib kelinmoqda va hozirgacha 141 dan ortiq xalqaro mukofotga sazovor bo`ldi
mijozlarga xizmat ko‘rsatish
Sizga yuqori darajadagi yordam ko‘rsatish maqsadida, ko‘p tilli mijozlarga xizmat ko‘rsatish jamoamiz haftada 5 kun 24 soat davomida ishlaydi.
Sohaviy tartibga solish me’yorlari
FxPro bir nechta yurisdiktsiyalar bo‘yicha qat’iy tartibga solish nazorati ostida faoliyat olib boradi, jumladan Angliyada FCA tomonidan ruxsat etilgan bo‘lib, u dunyodagi eng ishonchli moliyaviy regulyatorlardan hisoblanadi.

Biz turli xil mijozlarning ehtiyojlari har xil ekanligini tushunamiz. Shuning uchun biz ishonchli, mukofotga sazovor platformalar va hisob turlarining keng tanlovini taklif etamiz
Jahon indekslari - qimmatli qog'ozlarning ma'lum bir guruhi uchun narxlarning o'zgarishi ko'rsatkichlari. Qimmatli qog'ozlar indeksini aktsiyalarning umumiy baza bilan birlashtirilgan "savati" sifatida tushuntirish mumkin. Savdo indekslarini bir vaqtning o'zida bir necha o'nlab qimmatli qog'ozlar kursi bo'yicha ochilgan pozitsiyalar bilan solishtirish mumkin.
Eng muhimi - har bir indeks qaysi aksiyalar yoki obligatsiyalardan tuzilganligini aniqlash. Uning bahosi dinamikasini kuzatish orqali olinishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar spot indeks qiymatini hisoblashda kiritilgan aksiyalar to'plamiga bog'liq bo'ladi.
Umuman olganda, jahon indekslarining asosiy maqsadi investorlar uchun ma'lum bir sohada kompaniyalar kotirovkalari yo'nalishini tavsiflash uchun kuchli ko'rsatkich yaratishdir. Asosiy indekslarning dinamikasini o'rganish, muayyan hodisalarning qimmatli qog'ozlar qiymatiga ta'sirini tushunishga yordam beradi.
Indekslar bilan savdo qilishda, e'lon qilingan iqtisodiy yangiliklarga munosabat kutishlar va prognozlarga to'g'ri kelmasligi mumkinligini hisobga olish kerak.
Misol uchun, agar neft narxi ko'tarilgan bo'lsa, barcha neft kompaniyalari aksiyalarining oshishini kutish mantiqan to'g'ri bo'ladi.
Shunga qaramasdan, turli aksiyalar turli tezlikda o'sadi, ba'zilari esa bunday yangiliklarga umuman javob bermasligi ham mumkin. Bunday holda, spot indeksi treyderlarga ko'plab turli kompaniyalarning pozitsiyasini baholamasdan, ushbu bozor segmentining umumiy tendentsiyasini tushunishga yordam beradi.
Indekslarni kuzatish va ular bilan savdo qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biriga nisbatan qanday savdo qilayotgani haqida tushuncha beradi. FxPro da biz asosiy indekslar bo'yicha CFD lar savdosini taklif qilishdan mamnunmiz, bu sizga narxlarning nafaqat yuqoriga ko'tarilishi, balki pastga tushishiga ham qo'shilish imkonini beradi.
Indekslar bilan savdo qilish, FxPro treyderlari orasida keng qamrovli shartlari, bir nechta provayderlarning aniq kotirovkalari va keng qamrovli tahlillari tufayli mashhurdir. Axir, indeksning hatti-harakatlari mantiqini tushunish uchun unga kiritilgan har bir kompaniyaning korporativ yangiliklariga, shuningdek, umuman sanoatga ta'sir qiladigan voqealarga e'tibor berish lozim.
Keng turdagi aktivlar Fyucherslar, Indekslar, Metallar, Energiya tashuvchilari, Aksiyalar va ETFs bilan savdo qiling. Butun dunyo moliya bozorlari sizning qo‘lingizda!

Dunyo bo'ylab katta va kichik indeks CFD lari Spoti va Fyucherslar bilan savdo qiling
Sizga taqdim etiladigan kredit yelkasi miqdori yurisdiksiyangizga hamda siz savdo qilayotgan instrument yoki platformaga qarab farq qilishi mumkin.
Kredit yelkasi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi havoladan foydalaning: https://www.fxpro.com/leverage-information