17,200,000
mijoz hisoblari
FxPro mijozlarga 1999-yildan buyon onlayn savdo xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda va hozirda dunyoning 173 ta davlatiga xizmat ko‘rsatadi.
Birja ochilish vaqtidan tashqarida o‘zingizning sevimli aktsiyalaringiz bilan savdo qilishni xohlaysizmi? Bizda buning chorasi bor!
FxPro dunyodagi eng ko‘p sotiladigan 51 ta AQSH aktsiyalari bo‘yicha kengaytirilgan savdo soatlarini taklif etadi, shuning uchun siz bozordan oldin va bozordan keyin savdo qilib, daromadlar, yangiliklar va maʼlumotlar eʼlonlariga ular chiqishi bilan reaksiya bildirishingiz mumkin.
mijoz hisoblari
FxPro mijozlarga 1999-yildan buyon onlayn savdo xizmatlarini ko`rsatib kelmoqda va hozirda dunyoning 173 ta davlatiga xizmat ko‘rsatadi.
Mukofotlar
FxPro o‘z xizmatlari sifati uchun soha mutaxassislaridan doimiy ravishda e’tirof etib kelinmoqda va hozirgacha 141 dan ortiq xalqaro mukofotga sazovor bo`ldi
mijozlarga xizmat ko‘rsatish
Sizga yuqori darajadagi yordam ko‘rsatish maqsadida, ko‘p tilli mijozlarga xizmat ko‘rsatish jamoamiz haftada 5 kun 24 soat davomida ishlaydi.
Sohaviy tartibga solish me’yorlari
FxPro bir nechta yurisdiktsiyalar bo‘yicha qat’iy tartibga solish nazorati ostida faoliyat olib boradi, jumladan Angliyada FCA tomonidan ruxsat etilgan bo‘lib, u dunyodagi eng ishonchli moliyaviy regulyatorlardan hisoblanadi.

Biz turli xil mijozlarning ehtiyojlari har xil ekanligini tushunamiz. Shuning uchun biz ishonchli, mukofotga sazovor platformalar va hisob turlarining keng tanlovini taklif etamiz
CFD lar bozori 90-yillarning boshlarida asosan kichik kapitalga ega birja spekulyatorlarini aksiyalar savdosiga jalb qilish uchun tashkil etilgan.
Boshlanishda, ushbu aktivga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazmasdan aksiyalarni sotish mumkin emas edi. Vaqt o'tishi bilan ushbu bozorni yanada qulayroq qilish uchun moliyaviy vositalar, asosiy tovarlar va boshqa turli xil birja vositalari bilan savdo qilish uchun Narxlardagi Farq uchun Shartnomalar joriy etildi.CFD, bu Narxlardagi Farq uchun Shartnomadir. Bu aksiyalarni onlayn sotib olish uchun ishlatiladigan moliyaviy vositadir. Qimmatli qog'ozlar savdosi narxlarning ko'tarilishi yoki tushishi tufayli mumkin bo'ladi, undan savdogarlar joriy tendentsiyani ushlash uchun "Sotib olish" yoki "Sotish" pozitsiyalarini ochish uchun foydalanadilar. Bunday turdagi aksiyalar savdosi qimmatli qog'ozlarga egalik qilmasdan, narxlarning o'zgarishi bo'yicha olibsotarlik qilish bilan bog'liq. Odatda aksiyalarni onlayn sotib olish, shartnomasining narxi qat'iy emas va har doim o'zgarib turadi.
Aksiyalar bo'yicha CFD lar savdosi treyderlarga narxlarning ko'tarilishi yoki tushishidan foyda olish uchun uzoq va qisqa pozitsiyalarni joylashtirish imkonini beradi. Qimmatli qog'ozlar korporativ harakatlarni aks ettiradi, shuning uchun treyderlar uzoq muddatda dividend to'lash huquqiga ega bo'lishadi, qisqarganida esa, dividend to'lovlarini olishadi.
Onlayn savdo investitsiya qilishning eng mashhur usullaridan biridir. FxPro da biz Apple, Coca Cola va Facebook kabi dunyodagi eng qimmat kompaniyalarga aksiyalarni CFD sifatida sotishni taklif qilamiz.
Aksiya, bu investorga boshqaruv masalalari bo'yicha ovoz berish huquqiga ega bo'lgan kompaniyaning bir qismiga egalik qilish va korporativ ish natijalariga ko'ra foyda olish imkonini beradigan qimmatli qog'ozning bir turidir.
Aksiyalar quyidagi ikki asosiy turga bo‘linadi.
Oddiy aksiya
Qimmatli qog'ozlar, uning egasiga boshqaruvda, shuningdek dividendlarni taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi. Emitent jamiyatning oliy boshqaruv organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib, qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Bitta aksiya egasi yig'ilishda bitta ovozga ega. Tabiiyki, 1000 ta aksiya egasi, aytaylik, 100 ta qog'oz egasiga qaraganda ko'proq vakolatga ega bo'ladi.
Imtiyozli aksiya
Ushbu turdagi aksiyalar egalariga kompaniya foydasini taqsimlashda ustunlikni kafolatlaydi. Dividendlar birinchi navbatda imtiyozli aksiyadorlarga, keyin esa oddiy aksiyadorlarga to'lanadi. Xuddi shu tartib bankrotlik holatidagi yo'qotishlarni qoplash uchun ham amal qiladi. Shu bilan birga, imtiyozli qimmatli qog'ozlar egalari aksiyadorlar yig'ilishida ovoz berish huquqidan mahrumdirlar.
Birinchidan, bu kompaniyaning kapitalini oshirish vositasidir. Ular to'g'ridan-to'g'ri biznesga, masalan, ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki aylanma mablag'larini qayta tiklash maqsadida sotib olinadi.
Ikkinchidan, bu korporativ imidjning muhim nufuzli tarkibiy qismidir. Bu uning oshkoraligi va shaffofligini oshiradi va savdoga qiziqqan ehtimoliy investorlarni jalb qiladi. Ammo kompaniyaning qimmatli qog'ozlari birjada sotilishi uchun avvalo ular ro'yxatga kiritilishi kerak.
Kompaniya o'z qimmatli qog'ozlarini Qimmatli qog'ozlar Ro'yxatiga kiritish uchun o'tishi kerak bo'lgan bir qator tartiblar mavjud. Har bir fond birjasi o'z investorlarining (birja savdosidan manfaatdor bo'lganlarning) manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi va shuning uchun faqat eng kuchli emitentlar bilan savdo qilishga intiladi. Qimmatli qog'ozlar emissiyasining \"sifatini\" isbotlash uchun kompaniya bir qator tekshiruvlardan o'tishi kerak. Talablar, ustav kapitalining hajmiga, uning rentabelligiga, emissiya hajmiga va boshqalarga qo'yilishi mumkin.
Har bir chiqarilgan aksiya nominal qiymatga ega. Agar jismoniy hujjat mavjud bo'lsa, bu qiymat sertifikatning old tomonida ko'rsatiladi. Bu oddiy formula yordamida hisoblanadi
Keng turdagi aktivlar Fyucherslar, Indekslar, Metallar, Energiya tashuvchilari, Aksiyalar va ETFs bilan savdo qiling. Butun dunyo moliya bozorlari sizning qo‘lingizda!

Dunyo bo'ylab katta va kichik indeks CFD lari Spoti va Fyucherslar bilan savdo qiling
Sizga taqdim etiladigan kredit yelkasi miqdori yurisdiksiyangizga hamda siz savdo qilayotgan instrument yoki platformaga qarab farq qilishi mumkin.
Kredit yelkasi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi havoladan foydalaning: https://www.fxpro.com/leverage-information